Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘quvchilar uchun to‘rtinchi chorak darslari televideniye orqali boshlanadi — Vazir

O‘quvchilar uchun to‘rtinchi chorak darslari televideniye orqali boshlanadi — Vazir

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun to‘rtinchi chorak darslari televideniye va internet orqali boshlanishini ma’lum qildi.

«Dushanba, 30 mart kunidan boshlab har kuni coat 8:30dan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda tayyorlangan darslarimiz 3 ta kanal orqali namoyish etiladi (1-4, 5-8, 9-11 sinflar uchun bittadan kanal). Yurtimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha kuchaytirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birgalikda, farzandlarimizning uyda bo‘lishiga qaramay, ularning 4-chorak o‘qishlarini televideniye va internet orqali boshlashimiz kerak.

Karantin davrida farzandlarimiz o‘qishini davom ettirishi uchun O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda 100 dan ortiq fidoyi pedagoglar ishtirokida televizion darslar tasvirga olindi. Ular orasida davlat mukofoti sohiblari, darslik mualliflari, yilning eng yaxshi fan o‘qituvchilari ham ko‘pchilikni tashkil etadi.

Ushbu jarayonda ishtirok etayotgan barcha pedagoglarimizga, Milliy teleradiokompaniyasi rahbariyati hamda ijodiy jamoasiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz», — deya yozgan Sherzod Shermatov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring