«Oqtepa lavash» ommaviy zaharlanish borasida javobgarlikni zimmasiga oldi
Toshkentda ovqatdan ommaviy zaharlanish bo‘lgani va u «Oqtepa lavash» umumiy ovqatlanish shahobchalarida tayyorlangan tovuqli sendvichni iste’moli bilan bog‘langani haqida xabar qilgandik.
«Oqtepa lavash» ma’muriyati Feysbukdagi sahifasida mazkur voqealarga izoh berib o‘tdi.
«Rahbarlarimiz bemorlarni kasalxonada ko‘rgani borib, davolanish va ma’naviy keltirilgan zarar uchun barcha harajatlarni qoplashdi. Hozirgi vaqtda biz ichki tekshiruv o‘tkazmoqdamiz va bu vaziyatning haqiqiy sababini aniqlamoqdamiz.
Bo‘lib o‘tganlar uchun javobgarlikni to‘liq o‘zimizga olamiz. Biroq hozir eng muhimi – jabrlanganlarga yordam berish. Biz suhbat va muzokaralar uchun ochiqmiz» deyiladi xabarda.
Joriy yil 4-iyun kuni soat 17-00 dan bugun 6-iyun soat 12-00 ga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligining Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga 11 nafar, shahar 5-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 3 nafar va 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 1 nafar bemor ko‘ngil aynishi, qayd qilish, bosh og‘rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozon sohasida og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilgan. Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, «Ovqat toksikoinfeksiyasi» birlamchi tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bemorlardan 3 nafarining ahvoli og‘ir, qolganlariniki o‘rtacha og‘irlikda bo‘lgani ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter