Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oqoltinda favqulodda vaziyat hududida qolib ketgan ikki fuqaro vertolyotda qutqarildi

Oqoltinda favqulodda vaziyat hududida qolib ketgan ikki fuqaro vertolyotda qutqarildi

Sirdaryo viloyatining «Sardoba» suv ombori dambasi o‘pirilishi oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilingan Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli vertolyot aviatsiyasi navbatdagi parvoz davomida hamyurtlarimizni qutqardi.

Ekipaj – podpolkovnik Rahimjon Ergashev, kapitan Farhod Sharipov, kapitan Muzaffar Mamatov. Maqsad – belgilangan reja asosida favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududlarning borish qiyin joylarida razvedka-qidiruv ishlarini amalga oshirish hamda evakuatsiya tadbirlaridan iborat.

Qidiruv davomida topilgan ikki kishi qutqarib olindi. Vertolyotga olingan bu ikki fuqaro zudlik bilan Sirdaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan Mudofaa vazirligining harbiy mobil tibbiy markaziga olib kelindi. Ularning biri 1985 yilda tug‘ilgan Erkin Omonov bo‘lib, 1 oyog‘i jarohatlangan. Ikkinchisi 1996 yilda tug‘ilgan Fayzullo Qodirovning tana harorati ko‘tarilgan. Oqoltin tumanidan vertolyot aviatsiyasi yordamida evakuatsiya qilgan ushbu bemorlarga Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali terapevti, tibbiy xizmat podpolkovnigi Shuhrat Karimov, feldsher Shuhrat Ahmedov zarur tez tibbiy yordam muolajalarini ko‘rsatdi.

Dilshod RO‘ZIQULOV,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring