Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oqoltin tumanidagi ko‘prik balkalari sinib, «Toshkent-Termiz» yo‘nalishi vaqtincha yopildi

Oqoltin tumanidagi ko‘prik balkalari sinib, «Toshkent-Termiz» yo‘nalishi vaqtincha yopildi

Kecha, 16 sentyabr kuni Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi Xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘lining 10 kmda joylashgan zovur ko‘prigining «Toshkent-Jizzax» yo‘nalishidagi qismida 5 ta balkalarida sinish yuzaga keldi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu nosozliklar bartaraf etilgunga qadar, «Toshkent-Termiz» yo‘nalishidagi barcha transport vositalari harakati cheklanib, ushbu yo‘nalishdagi barcha transport vositalari harakati M-34 «Toshkent-Dushanbe» avtomobil yo‘lining 103-152 km. (jami 49 km) va A-376 «Qo‘qon-Jizzax» avtomobil yo‘lining 219-237 km. (jami 18 km) orqali harakat vaqtincha tashkil etilgan.

«Barcha yo‘nalishlarda YPX postlari tashkil qilinib, harakat xavfsizligini to‘liq ta’minlash choralari ko‘rilgan», – deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring