Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qituvchini do‘pposlagan o‘quvchi va uning ota-onasi barcha ustoz va murabbiylardan uzr so‘radi

O‘qituvchini do‘pposlagan o‘quvchi va uning ota-onasi barcha ustoz va murabbiylardan uzr so‘radi

Avvalroq, Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 62-sonli maktabning informatika o‘qituvchisi maktab o‘quvchisi va uning oila a’zolari tomonidan kaltaklangani haqida xabar bergan edik.

Joriy yilning 12 iyun kuni Uchtepa tumanida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov boshchiligida yig‘ilish o‘tkazilgan. O‘tkazilgan yig‘ilishda Uchtepa tumanidagi 62-sonli maktabning 10-sinf o‘quvchisi, Saidxalil S. (2006 y.t) shu maktabning «Informatika» fani o‘qituvchisi, Samandar B.ni (1999 y.t) urib, tan jarohati yetkazganligi holati muhokama qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov yakuni bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanadi.

Jabrlangan o‘qituvchi hamda voyaga yetmagan huquqbuzar aka-ukalar, ularning ota-onasi, mahalla raisi va faollari ishtirokida tanqidiy muhokama o‘tkazildi. Muhokama yakunida voyaga yetmagan huquqbuzar va uning ota-onasi barcha ustoz va murabbiylardan uzr so‘rab, bu kabi holat boshqa qaytarilmasligini aytib o‘tishgan.

Muhokama davomida, 62-sonli maktab direktori X.Maxkamova, bolalarning sinf rahbari va 20 nafar o‘qituvchilarning sodir etilgan holat yuzasidan fikr va mulohazalari tinglanib, qat’iy choralar ko‘rilishi to‘g‘risida mas’ul rahbarlarga aniq vazifa va topshiriqlar berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring