O‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi mojaro yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi mojaro aks etgan videotasvirdagi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, mazkur holat Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 103-sonli maktabning 6 «A» -sinfi bilan sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, maktabning 6 «A» sinf o‘quvchilari matematika darsida o‘qituvchi Yu.Portnovaning gaplariga quloq solmagan va tartib buzishgan. O‘z navbatida o‘qituvchi ham jahlini jilovlay olmasdan bolani majburlab sinfdan chiqarib yuborgan. O‘quvchi esa sinfdan chiqmaslik uchun o‘qituvchiga qarshilik ko‘rsatgan.
Chilonzor tumani hokimligi bergan ma’lumotga ko‘ra, maktabda yuz bergan bu voqea yuzasidan bugun, 26 fevral kuni ota-onalar majlisi chaqirilgan va ularning xohishiga ko‘ra matematika o‘qituvchisi Yu.Portnova mazkur sinf o‘quvchilariga dars o‘tishdan chetlashtirilgan.
«Tartib buzgan bolalar va ularning ota-onasiga chora ko‘rish masalasi tuman hokimligi Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi», – deyiladi hokimlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter