Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslarga qarshi «ov» o‘tkazildi

O‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslarga qarshi «ov» o‘tkazildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro Z.Ya. fuqarolar S.T. va B.T.ga tanishlari yordamida xorijiy Oliy o‘quv yurtida o‘qiganligi haqida soxta hujjatlar tayyorlab berib, Toshkent shahridagi «Renessans» nomli xususiy oliy ta’lim universitetining 3-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.O. fuqaro T.X.ning qo‘shni Qirg‘iz Respublikasi O‘sh davlat universiteti «Musiqa» fakultetidagi o‘qishini tanishlari orqali Andijon davlat universitetining «Musiqa ta’limi» yo‘nalishiga ko‘chirib berishi evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.A. fuqaro T.O.ni tanishlari yordamida Andijon davlat universitetida o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring