Oq uy «Tolibon»ni ogohlantirdi
Agar «Tolibon» harakati Afg‘onistonda qolgan amerikalik fuqarolarning Kobul aeroportidagi evakuatsiyasiga to‘sqinlik qilsa, Qo‘shma Shtatlar tez va kuchli javob berishga tayyor, dedi AQShning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan.
«Ularga fuqarolarimizning mamlakatni tark etishiga imkon bermasa, shuningdek, operatsiyalarimiz va evakuatsiyamizni buzishga yoki qandaydir yo‘l bilan aralashishga urinishsa, tez va kuchli javob qaytarishimizni bildirdik», — dedi Sallivan NBC News telekanaliga bergan intervyusida.
Xorijlik xodimlar hamda chet el missiyalarida ishlagan afg‘onlarni evakuatsiya qilish Kobuldagi yagona aeroport orqali amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter