Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘q otish bo‘yicha jahon chempioni o‘zini otib qo‘ydi

O‘q otish bo‘yicha jahon chempioni o‘zini otib qo‘ydi

Foto: «Trend.Az»

Stendda otish (o‘q otish sportining bir turi) bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempioni, italiyalik Kristian Gilli fojiali tarzda halok bo‘ldi. Bu haqda «La Gazzetta dello Sport» xabar berdi.

Sportchi do‘stlari bilan Piza viloyatidagi o‘rmonga ovga chiqqan bo‘lgan. Kristian yerga engashib o‘q gilzalarini terib olayotgan paytida miltig‘i otilib ketib, qornidan jarohatlagan.

Zudlik bilan tez yordam chaqirilib, Gilli shifoxonaga yetkazildi. Shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun har qancha urinishmasin, foydasi bo‘lmadi, olingan og‘ir jarohat oqibatida 19 yoshli sportchi olamdan o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring