Oq krossovkalar modadan qoldimi?

Vogue jurnalining nemis tahririyati 2025-yil yozida oq krossovkalarga muqobil bo‘la oladigan ranglardagi poyabzallarni tavsiya qildi.
Nashrga ko‘ra, yorqin ranglar urfga kirmoqda. Ayniqsa, qizil, yashil, pushti, sariq va to‘q sariq ranglar — yaxshi tanlov. Shuningdek, jigarrang va ko‘k krossovkalarni shular qatoriga qo‘shsa bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, ko‘plab taniqli brendlar, xususan, Loewe, Puma, Adidas, Miu Miu va Nike mahsulotlari orasida taklif etilayotgan ranglardagi krosovkalar mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter