Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Operatsiya stolidagi bemorlar ahvoli nima bo‘ladi? Vazirlik izohi

Operatsiya stolidagi bemorlar ahvoli nima bo‘ladi? Vazirlik izohi

Toshkentda elektr energiya uzlishi yirik tibbiy markazlar faoliyat yuritishi va ularda uzluksiz operatsiyalar o‘tkazilishiga ta’sir qiladimi? SSV matbuot kotibi Furqat Sanayev bunga izoh berdi. 

«Xavotirga o‘rin yo‘q. Barcha operatsion bloklar zamonaviy tarzda jihozlangan va qo‘shimcha ta’minot generatorlariga ulangan. Bir manbadan uzilish darhol ikkinchisi ulanishiga sabab bo‘ladi.

Albatta, yordamchi dizel generatorlar bilan uzoq vaqt ishlab turish qiyin. Lekin tez orada umumiy ta’minot tiklanishiga umid qilamiz. Keyingi jarrohlik amaliyotlari shunga qarab rejalashtiriladi.

Bundan tashqari, vazirlik tomonidan tezkor chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Tibbiy maskanlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi», – dedi Furqat Sanayev.

Ayni paytda ta’minot tiklanmagan, chorrahalarda tirbandliklar saqlanib turibdi, suv ta’minotida ham uzilishlar kuzatilyapti.

Toshkent aeroporti reyslar qabul qilishni to‘xtatgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring