Ayiq oldiga tashlangan qizaloq hayvonot bog‘idan bir umr tekin foydalanadi
Toshkent hayvonot bog‘i ma’muriyati onasi ayiqning oldiga tashlab yuborgan qizchaga zooparkka bir umrlik bepul kirish huquqini berdi. Bu haqda bog‘ ma’muriyati xabarida aytiladi.
«Internetda hayvonot bog‘imizda sodir bo‘lgan voqea tufayli yangiliklar va izohlar kamaymayapti.
⠀
Odamlar nega uni tasvirga olishayotgani va nigohlari to‘la minnatdorlik bilan unga qarashayotganini tushunmayotgan Zuzu o‘z volerida sayr qilib yurgan vaqtda, jajji jabrlanuvchimiz Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida davolanmoqda.
⠀
«Ayni damda qizaloq intensiv terapiya xonasida va uning holati turg‘un deb baholanmoqda. Dinamikada nazorat ko‘rigi o‘tkazildi. Qizaloq kelajakda ushbu hodisa asoratlaridan aziyat chekmasligi uchun biz bor imkoniyatlarni ishga solyapmiz», – dedi biz bilan suhbatda davolovchi shifokor va tibbiyot fanlari nomzodi Sobir Tohirovich Nasimov.
Qizaloqning kayfiyati yaxshi, u hamshiralarga she’rlar aytib, ularning ko‘nglini ko‘tarmoqda, biz esa, o‘z navbatida, uni sovg‘alar bilan quvontirdik. Qo‘shimcha ravishda, qizaloq va uning akasiga Toshkent hayvonot bog‘iga bir umr bepul kirish imkoniyatini ta’minlashga qaror qildik»,—deyiladi xabarda.
Avvalroq, onaning ijtimoiy holati bo‘yicha surishtiruv e’lon qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter