Onalar va bolalar o‘limi yuqori bo‘lgan viloyatlar ma’lum qilindi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining parlament quyi palatasidagi fraksiyasi vakillari navbatdagi yig‘ilishida respublikada onalar va bolalar o‘limi yuqori bo‘lgan viloyatlar ma’lum qilindi. Bu haqda «Xalq so‘zi» nashri xabar berdi.
O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Mavluda Xo‘jayevaning ma’lumot berishicha, joriy yilning to‘qqiz oyida respublika bo‘yicha 108 ta onalar o‘limi qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich Samarqand (14 ta) va Surxondaryo viloyatlarida (14 ta) yuqoriligicha qolmoqda. Shu yilning to‘qqiz oyida qariyb 5 mingga yaqin bir yoshgacha bolalar o‘limi yuz bergan. Bu ko‘rsatkich Andijon (615 ta), Namangan (539 ta), Xorazm (340 ta) viloyatlarida yuqori.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter