Qirg‘iz migranti rolini ijro etgan aktrisa Kann mukofotini oldi (video)
Dunyoning eng nufuzli kinofestivallaridan birida qirg‘iz migrantining Rossiyadagi og‘ir taqdiri haqida hikoya qiluvchi «Ayka» filmi qahramoni rolini ijro etgan qozog‘istonlik Samal Yeslyamova eng yaxshi aktrisa nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
«YouTube»da ushbu kartinadan lavhalar paydo bo‘ldi.
Shuningdek, «Oltin palma yaprog‘i» mukofoti – Xirokadzu Kore-Edining «Do‘kon o‘g‘rilari» filmiga;
Gran-pri – Spayk Li;
Eng yaxshi aktyor – italiyalik Marchello Fonte, Matteo Garronening «Itxona» filmidagi roli uchun;
Hakamlar mukofoti – livanlik Nadin Labakining «Kapernaum» filmi;
Eng yaxshi rejissyor – polshalik Pavel Pavlikovskiy, «Sovuq urush» filmi uchun (uch yil ilgari «Ida» filmi uchun «Oskar»ni qo‘lga kiritgan);
Maxsus mukofot – Jan-Lyuk Godar, «Obraz va nutq» filmi;
Eng yaxshi ssenariy – Aliche Rorvaxer, «Baxtli Lazar» filmi, Nader Sayeivar «Uch chehra» filmiga nasib etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter