Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘n kun o‘tib yer ostidan chiqarilgan besh murda... Hodisani prokuratura tekshirmoqda

O‘n kun o‘tib yer ostidan chiqarilgan besh murda... Hodisani prokuratura tekshirmoqda

Navoiyda oltin qazib olayotgan besh fuqaroni qum bosib qolgani, qurbonlar bir necha kun tuproq ostida qolib ketishgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2021 yil 23 dekabr kuni soat 23:30 larda Konimex tumanning «Karakata» OFY hududida joylashgan «Lolazor» tashlandiq tilla qumi qazib olish koniga Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi fuqarolar A.T, U.A, O.Yo, Sh.I, T.M, Z.O, F.R F.R va G‘ijduvon tumanida yashovchi J.Nlar bilan birgalikda tilla qumlarini qazish maqsadida borishib, taxminan 25-30 metr chuqurlikdagi kondan qum kovlashayotgan vaqtida fuqarolar A.T, U.A, J.N, F.R va F.Rlarni qum bosib qolib, voqea joyida vafot etishgan.

Shu kunning o‘zida maxsus texnika vositalari va qo‘l kuchi yordamida murdalarni tuproq ostidan kovlab olish ishlari boshlangan. Buning uchun 5 ta texnika va 63 nafar xodim hamda ishchi-xizmatchi jalb etilgan. Joriy yilning 3 yanvar kuni 30 metr chuqurlikdan A.T, U.A, F.R, J.N va F.Rlarning murdalari topilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Konimex tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring