Eron-AQSh muzokaralarining navbatdagi bosqichi yakunlandi

Eronning o‘nlab yillardan buyon munozaralarga sabab bo‘lib kelayotgan yadroviy dasturi yechimiga bag‘ishlangan Eron-AQSh bilvosita muzokaralarining navbatdagi bosqichi yakuniga yetdi. Muzokaralar O‘mon poytaxti Maskatda o‘tkazildi.
AQSh prezidentining maxsus elchisi Stiv Uitkoff hamda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi o‘rtasida Maskatda o‘tgan muzokaralar olti soat davom etib, O‘mon yana vositalik qildi. Oldingi uchrashuvga bir hafta muqaddam Rim mezbonlik qilgan, har ikki tomon ham uning konstruktiv o‘tganini tasdiqlagandi.
Eron bilan muzokaralar ijobiy va sermahsul bo‘ldi, dedi AQSh ma’muriyatining yuqori lavozimli vakili axborot agentliklarining Maskatdagi uchrashuv borasida bergan savoliga javoban. Qo‘shimcha qilinishicha, tomonlar «yaqin orada» Yevropada yangi uchrashuv o‘tkazishga kelishib olishgan.
Tasnim axborot agentligi xabar berishicha, Eron TIV rasmiy vakili Ismoil Baqoiy muzokaralar «jiddiy muhit»da o‘tganini ta’kidlagan.
Baqoiy Eronning mudofaa va raketalar salohiyati muhokama qilinmaganini aytdi, yana bir eronlik muzokarachining ma’lum qilishicha, muzokaralarda «faqat sanksiyalar va yadroviy masalalar haqida» so‘z borgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter