O‘monni yarim asr boshqargan sulton Qobus bin Said vafot etdi
Uzoq vaqt davom etgan xastalikdan so‘ng, 10-yanvar kuni O‘mon sultoni Qobus bin Said 80 yoshida vafot etdi.
Qobus bin Said O‘monni 50 yil boshqardi.
Sultonning vafoti munosabati bilan O‘monda uch kunlik motam e’lon qilindi, davlat bayroqlari 40 kunga tushirib qo‘yiladi.
Qobus bin Said 2017-yili saraton xastaligidan davolanganidan so‘ng salomatligi yomonlashgan. Bittayu bitta nikohidan farzand ko‘rmagan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri vorislari yo‘q.
Ma’lumot uchun: Qobus bin Said 1940-yilning 18-noyabrida Salalda tug‘ilgan, Maskat sultoni Said bin Taymurning yakkayu yagona o‘g‘li edi. Otasi uning foydasiga taxtdan voz kechganidan so‘ng 1970-yilda sultonlik boshqaruviga kelgan. Bir paytning o‘zida mamlakat bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri, mudofaa vaziri lavozimlarini ham egallagan. Keyinchalik Maskat sultonligi nomi O‘mon sultonligiga o‘zgargan. Maskat esa mamlakat poytaxti bo‘lib qoldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter