Ommaviy so‘rov: Rossiyadagi o‘zbeklar vataniga qaytmoqchimi?
Rossiyadagi o‘zbek muhojirlari orasida O‘zbekistonga qaytish haqida ommaviy so‘rov o‘tkazilgan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i o‘rinbosari Azizbek Yunusov ma’lum qildi.
Anonim so‘rovda qatnashgan 15 ming respondentning 60 foizi hozircha Rossiyada qolish fikrini bildirgan.
«So‘rovda qatnashganlarning 15 foizi agar ish joyini yo‘qotsa, vataniga qaytish fikrini aytgan. 36 foizi mehnat shartnomasini borligini bildirib, qaytish haqida o‘ylamayotganini ta’kidlashgan. Yana 15 foizi ishini yo‘qotgani uchun ketayotganini, 25 foizi esa rubl kursiga qarab ish tutishini bildirgan», degan Yunusov.
Agentlik xabariga ko‘ra, yil boshidan beri O‘zbekistonga 133 ming o‘zbek qaytgan, mart oyida bu ko‘rsatkich 50 mingtani tashkil qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir Rossiyada 2 millionga yaqin o‘zbek muhojiri bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter