Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ommaviy qirilish. Dinozavrlardan so‘ng navbat qaysi jonzotga keldi?

Ommaviy qirilish. Dinozavrlardan so‘ng navbat qaysi jonzotga keldi?

Foto: «Globallookpress.com»

Nemis entomologlari hasharotlarning ommaviy qirilishi boshlanganini aniqladi. Olimlar buning oqibati ancha jiddiy bo‘lishidan ogohlantirmoqda.

Dinozavrlardan so‘ng hali bunday ommaviy qirilish bo‘lmagan edi. Olimlarning ta’kidlashicha, hasharotlar sayyoramizda yashayotgan jonzotlarning uchdan ikki qismini tashkil etadi. Ularning qirilib ketishi tabiatdagi ozuqa zanjirining uzilishiga olib keladi. Bu esa ekologik tizimni buzib yuboradi.

Nemis olimlari 30 yil davomida tahminan 80 million hasharotni tekshirib ko‘rgan. Tajriba ob’yektlari Reyn daryosi bo‘yidagi 63 ta hasharotlar qopqonida tutilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 1994 yildan buyon hasharotlarning umumiy biomassasi 76 foizga kamaygan. Bu esa o‘z navbatida ularni ist’yemol qilib kun ko‘radigan qushlarning kamayishiga olib kelgan. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, G‘arbiy Yevropada yaqin-orada ekologik inqiroz ro‘y berishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring