«Omikron» shtammining kutilmagan «syurpriz»i ma’lum qilindi
Koronavirusning «omikron» shtammi bilan kasallanganda, hid sezish qobiliyati ko‘pincha kasallikning oxirida yoki tuzalgandan keyin yo‘qoladi.
Bu haqda terapevt, klinik farmakolog Andrey Kondraxin «Parlamentskaya gazeta» nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Shifokor, shuningdek, «omikron»ning tez-tez tarqaladigan joyi delta shtammidagi kabi o‘pka emas, balki bronxlar ekanligini qo‘shimcha qilgan. Bundan tashqari, «omikron» og‘riqli oshqozon-ichak belgilarini keltirib chiqarmaydi.
«Omikron» shtammi bilan kasallangan bir bemor 8-9 kishiga virus yuqtirishga qodir»,— deya ta’kidlagan shifokor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter