«Omikron» o‘pkani 2–3 kunda zararlaydi — mutaxassis
«Omikron» inson o‘pkasini koronavirusning avvalgi shtammlariga nisbatan bir necha marotaba tez shikastlaydi. Bu haqda Samara viloyati (Rossiya) sog‘liqni saqlash vaziri Armen Benyan ma’lum qildi.
Benyanga ko‘ra, ilgari koronavirus tarqalishi uchun 7–11 kun ketgan bo‘lsa, yangi shtamm o‘pkaga yetib borishi uchun ikki, uzog‘i bilan uch kun kifoya.
«Omikron» bemorlari soni har ikki kunda ikki baravarga oshmoqda. O‘z navbatida infeksiya tarqalishi indeksi «delta»nikiga qaraganda ikki baravar yuqori», — ta’kidladi vazir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter