Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ombudsman tadbirkordan ishchilarning to‘lanmay kelgan 34 mln so‘mlik ish haqlarini undirib berdi

Ombudsman tadbirkordan ishchilarning to‘lanmay kelgan 34 mln so‘mlik ish haqlarini undirib berdi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakiliga Urganch tumanida yashovchi fuqaro X.D. qurilish korxonasi rahbari ish haqini bermaganligi bo‘yicha shikoyat qildi.

Murojaatda qayd etilishicha, 2019-2022 yillar davomida murojaatchi X.D. otasi va akasi bilan birgalikda mexanizator vazifasida ishlashgan va ish beruvchi bilan oyiga uch million so‘mdan ish xaqi berilishiga kelishib olishgan. Lekin, ish beruvchi so‘nggi 3-4 oylik ish haqlarini to‘lamagan. Fuqaro X.D. ushbu masalada turli idoralarga qilingan murojaatlardan natija bo‘lmaganligini bildirgan.

Murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, mintaqaviy vakil tomonidan o‘rganilishi natijasida masala o‘z yechimini topdi.

Fuqaro X.D. bilan bog‘lanilganda, ish beruvchi ularga 34 mln so‘m ish haqlarini to‘liq to‘lab berganligini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring