Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ombudsman SSVga taqdimnoma kiritdi. Samarqandda nima gap?

Ombudsman SSVga taqdimnoma kiritdi. Samarqandda nima gap?

Foto: Ombdusman.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili va Ombudsman huzuridagi jamoatchilik guruhlari tomonidan Samarqand viloyatidagi vaziyat o‘rganildi.

Jumladan, Samarqand SSBning tuman va shaharlar tibbiyot birlashmalari tarkibida tashkil etilgan mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tumanlararo (Urgut, Toyloq, Ishtixon, Paxtachi, Payariq, Bulung‘ur tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahri) punktlariga monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Monitoring davomida mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ayrim tumanlararo punktlarida bir qator salbiy holatlar aniqladi. Xususan, mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ayrim tumanlararo punktlarining xonalari ta’mirga muhtoj holda va belgilangan talab darajasida tashkil etilmagan, hojatxona va yuvinish xonalarida sharoitlar yaratilmagan hamda Bulung‘ur tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahridagi hushyorxonalarning ba’zilariga ventilyasiya tizimi o‘rnatilgan bo‘lsada, ularning hech birida bu tizimlar ishlamasligi va boshqa kamchiliklar aniqlangan, deyiladi xabarda.

Shuningdek, ushbu punktlarning ayrimlarida muddati o‘tgan dorilar ham saqlab kelingan.

Aniqlangan salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida Ombudsman tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdimnoma kiritildi.

Taqdimnoma ijrosi bo‘yicha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Urgut tumanlararo punktiga videokuzatuv kameralari o‘rnatilib, ishga tushirilgan. Payariq va Paxtachi tuman punktida 10 ta koykali joy tashkil etilgan. Kattaqo‘rg‘on punktining hojatxona va yuvinish xonalarida bemorlar uchun sharoit yaratilib, ichimlik suvi tarmog‘iga ulanib, suv ta’minoti yo‘lga qo‘yilgan. Paxtachi tumanlararo punktida ta’mirlash va muassasa hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan.

Shuningdek, Toyloq, Payariq tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahri tumanlararo punktlaridagi muddati o‘tgan dori vositalari yo‘q qilinib, o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaragan 3 nafar mas’ul xodimga nisbatan «hayfsan» intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, taqdimnomada ko‘rsatilgan faktlar hushyorxonalarga qayta monitoring tashriflarini amalga oshirish orqali tasdiqlangan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring