Oltita viloyat aholisi ob-havo borasida ogohlantirildi
Gidrometeorologiya xizmati «Qamchiq» dovonidagi vaziyat va oltita viloyatda qor ko‘chishi xavfi sabab ogohlantirish e’lon qildi.
2024-yil 21-mart kuni A-373 «Toshkent – O‘sh» avtoyo‘lining «Qamchiq» dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 m. gacha pasayishi, shamol tezligi 18 – 23 m/s gacha kuchayishi natijasida avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.
2024-yil 21-27-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Biroz avval to‘rt kun ob-havo prognozi taqdim etilgandi. Unga ko‘ra, 21-22-mart kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchiliklar kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter