Oltin izlovchilarni tosh bosib qoldi — Kolumbiya
Kolumbiya g‘arbida oltin qazib chiqaruvchi konning o‘pirilishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, o‘n bir kishi jarohatlandi, deya xabar berdi «Proclama Cauca y Valle» nashri mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga tayanib.
Hodisa Kauka departamentida joylashgan Santander-de-Kilichao shahri hududida yuz bergan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, o‘pirilish payshanba kuni ertalab sodir bo‘lgan.
Xabarlarga ko‘ra, konda qazilma ishlari noqonuniy ravishda olib borilgan. Mahalliy hokimiyatning ma’lum qilishicha, kondan foydalanish ishlari to‘xtatilganiga ancha bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter