«Oltin butsa»: Immobile Levandovskidan o‘tib ketdi
Italiya A Seriyasining 37-turida «Latsio» «Breshia»ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Gollardan birini rimliklar hujumchisi Chiro Immobile kiritdi — 30 yoshli futbolchining chempionat mavsumidagi gollari soni 35 taga yetdi.
Immobile asosiy raqibi — «Bavariya» (Myunxen) hujumchisi Robert Levandovski (34 ta gol)dan o‘zib ketdi. Ammo polshalik futbolchi buyog‘iga kurasha olmaydi, Germaniya chempionatiga poyoniga yetib bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, «Oltin butsa» UYeFA tizimiga kiruvchi milliy chempionatlarda eng ko‘p gol urgan futbolchiga beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter