Olti oyda 212,8 trln so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatildi
Prezident huzuridagi Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 212,8 trln so‘mga yetgan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 12,3 foizga oshgan.
Moliyaviy xizmatlar hajmi – 50 trln so‘m;
Savdo xizmatlari hajmi – 50 trln so‘m;
Transport xizmatlari hajmi – 49,1 trln so‘m;
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi – 14,4 trln so‘m;
Ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi – 9,1 trln so‘m.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter