Olti oyda 60 mingdan ziyod kishi O‘zbekiston vizasini oldi
TIVga yanvar-iyun oylarida jismoniy va yuridik shaxslardan 60 528 ta murojaat kelib tushgan, ulardan 18 259 tasi vazirlik Konsullik-huquqiy departamenti, 42 269 tasi esa chet eldagi vakolatxonalari orqali kelgan.
Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Ahror Burhonov ma’lumot berdi.
Hisobot davrida odam savdosi qurboni bo‘lgan, yoki ishsiz, boquvchisiz qolganlar va boshqa murakkab ahvoldagi 523 nafar fuqaromiz Vatanimizga qaytarildi.
Pasporti ish beruvchilar tomonidan noqonuniy tarzda olib qo‘yilgan 133 nafar O‘zbekiston fuqarosiga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar qaytarib olib berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter