Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olti mamlakat Toshkentdagi jahon chempionatini boykot qildi

Olti mamlakat Toshkentdagi jahon chempionatini boykot qildi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) Rossiya va Belarus terma jamoalarining o‘z bayroqlari ostida jahon chempionatiga ruxsat berishi ortidan hozirgacha 6 ta terma jamoa Toshkentdagi musobaqani boykot qildi.

Ular: AQSh, Chexiya, Irlandiya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya va Kanada.

Masalan, Chexiya boks assotsiatsiyasi prezidenti Marek Shimak bu qarorini IBAning «Gazprom»ga qaramligi va tashkilot prezidenti Umar Kremlyovning Vladimir Putinga yaqinligi bilan izohlagan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent 2023 yilning 1—14 may kunlari erkaklar o‘rtasidagi boks bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring