Ispaniyada dahshatli jazirama qurbonlari soni keskin oshdi
Oxirgi olti kun ichida Ispaniyaning katta qismida qayd etilgan jazirama sabab 350 dan ortiq odam halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda PTVE telekanali.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, o‘limning eng yuqori cho‘qqisi juma kuniga to‘g‘ri kelgan – 123 kishi.
Shu bilan birga, Ispaniya meteorologiya xizmati mamlakatning ayrim hududlarida havo 45 ℃gacha isishi mumkinligini aytdi.
Bungacha Ispaniyada jazirama issiq tufayli deyarli 240 kishi halok bo‘lgan edi. 10-iyuldan 14 iyulgacha bo‘lgan davrda havo haroratining juda yuqori bo‘lishi oqibatida 237 kishi halok bo‘ldi.
Avvalroq, jazirama sabab ikki kun ichida 40 dan ortiq odam vafot etgani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter