Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olti karra chempionga — yetti yil qamoq...

Olti karra chempionga — yetti yil qamoq...

Foto: «Sport-Ekspress»

Jahonning sobiq «birinchi raqamli» tennischisi, «Ulkan toj» turnirlarining olti marotaba g‘olibi Boris Bekker yetti yilga qamalishi mumkinligi haqida ancha avval yozgandik.

Aftidan, uzun sudlar nihoyat tugaydigandek. «Daily Mail» yozishicha, bugun, 8-aprel sanasida London sudi Bekkerni ko‘rilayotgan ishning to‘rt yo‘nalishida aybdor, deb topdi. Shunga qaramasdan, suddan so‘ng garov evaziga Bekker erkinlikka chiqarildi. Hozircha.

Bekker ishi bo‘yicha hal qiluvchi sud 29-aprelga belgilangan.

Bekkerning aybi nima?

Foto: «Rossiyskaya gazeta»

Bekkerga o‘z daromadlarini yashirganlik ayblovi qo‘yilgan. Xususan, «Breaking Data Corp» kompaniyasida ulushi borligini, Londonning Chelsi tumanida kvartirasi, Belgiya va Gernsi banklarida hisob raqamlari borligini sir tutgan.

Vaholanki, bungacha — 2017 yili Buyuk Britaniya sudi Bekkerni bankrot deya e’lon qilgandi. Shu maqomda bir yil yurishi kutilgandi, biroq ko‘p o‘tmay yashirin aktivlari borligi, 4,5 million funt sterlinglik tranzaksiyalar o‘tkazgani aniqlangan. Shundan so‘ng Boris Bekker uchun moliyaviy cheklovlar 12 yilga uzaytirilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring