Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmazorlik 57 yashar erkak koronavirus sabab vafot etdi

Olmazorlik 57 yashar erkak koronavirus sabab vafot etdi

Toshkent shahar Olmazor tumanida yashagan 57 yoshli Z.I. (erkak)da 9 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u 15-iyul kuniga qadar uy sharoitida davolangan. 15 iyul kuni hansirash, nafas siqishi, oyoq-qo‘l sovushi paydo bo‘lgandan so‘ng Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga olib kelingan, bemorning holati og‘irligi inobatga olinib, reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Bemorga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka arteriyalari tromboemboliyasi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemorda yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh hastaliklari bo‘lgan.

Reanimatsion muolajalarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka arteriyalari tromboemboliyasidan vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring