Olmazorda «Matiz» yonib ketdi

Olmazor tumani Beruniy ko‘chasida «Matiz» rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi.Bu xaqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga Beruniy ko‘chasida «Matiz» rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Yong‘in oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmadi.
Xozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter