Olmaotada teraktga tayyorlanayotgan shaxslar qo‘lga olindi
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi 2019-yilning 10-yanvar kuni o‘tkazgan maxsus operatsiya chog‘i Qozog‘istonda teraktlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan markaziy osiyolik shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda «24.kg» xabar berdi.
MXQ xabariga ko‘ra, bu shaxslar vaqtincha yashab turgan joy tintuv qilinganida katta kuchga ega qo‘lbola portlovchi qurilmalarni tayyorlashda ishlatiladigan qismlar hamda o‘t ochish qurollari va o‘q-dorilar topilgan.
Tergov talqiniga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxslar chet ellarda yurgan IShID jangarilari rahbarlarining topshirig‘i va rahbarligi ostida ish ko‘rgan. Ular Olmaotaning odamlar gavjum joylarida portlovchi qurilmalarni ishga tushirish, o‘t ochish qurollarini qo‘llashni rejalashtirishgan. Tergov harkatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter