Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaotada erkakning qornidan 2,5 yil saqlangan 25 sm.li armatura olib tashlandi (foto)

Olmaotada erkakning qornidan 2,5 yil saqlangan 25 sm.li armatura olib tashlandi (foto)

Foto: «Sputnik»

Qozog‘istonning Olmaota shahrida 4-sonli klinika shifokorlari erkakning oshqozonidan 25 santimetrli armaturani chiqarib olishdi. Bemorning ta’kidlashicha, u 2,5 yil oldin tergov izolyatorida bo‘lganda yutib yuborgan. Bu haqda «Sputnik» portali xabar berdi.

«28-sentyabr kuni uning o‘zi epigastral sohada kuchli og‘riqdan shikoyat qilib shifoxonaga keldi. Bemorning so‘zlari rentgen-diagnostika natijasida tasdiqlangach, shu zahoti operatsiya qilindi, laparotomiya, gastrotomiya o‘tkazildi hamda yot jism olib tashlandi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, bemor palataga o‘tkazildi», — dedi jarroh Temirxon Kojaxmetov.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, yot jismni organizmdan chiqarib olish murakkab operatsiya hisoblanmaydi, biroq ushbu holatning o‘ziga xosligi shundaki, ikki yildan ortiq vaqt davomida oshqozondagi metall buyum muammo tug‘dirmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring