Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaliqda zamonaviy FHDYo binosi foydalanishga topshirildi (foto)

Olmaliqda zamonaviy FHDYo binosi foydalanishga topshirildi (foto)

Foto: Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yili Toshkent viloyatining Olmaliq shahriga tashrifi davomida FHDYo bo‘limi uchun yangi zamonaviy bino qurish to‘g‘risida topshiriq berilgan edi.

2019-yil kirib kelishi arafasida — 28-dekabr kuni zamonaviy bino foydalanishga topshirildi.

Yangi binoning afzalligi shundaki, nikohlanuvchi yoshlar nikohlarini qonuniy qayd ettirib, shu joydan alohida yo‘lak orqali to‘ppa-to‘g‘ri to‘yxonaga o‘tishlari va nikoh to‘ylarini nishonlashlari mumkin.

Binoda shahar «Oila» markazi ham joylashtirilishi notinch (muammoli) oilalarni aniqlash va ularning manzilli ro‘yxatini tuzish, ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va milliy mentalitetga zid turli yot xavf-xatarlarga qarshi turish maqsadida ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yaqindan aloqa o‘rnatish imkonini beradi.

Bundan tashqari, aholining adliya organlari xizmatidan foydalanilishini kengaytirish maqsadida ushbu binoga Olmaliq shahar adliya bo‘limi va notarial idora ham joylashtirilgan bo‘lib, fuqarolarga huquqiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring