Olmaliqda ommaviy zaharlanish yuz berdi
Olmaliq shahrida muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish holati bo‘lgani haqida shov-shuv tarqaldi. Bu haqda Sanitariya va epidemiologiya boshqarmasi izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Olmaliq shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida, haqiqatan ham Z6 nafar bemor shu tashxis bilan yotqizilgan.
Bugungi kun holatiga ularning 31 nafariga ahvoli yaxshi bo‘lgani sababli, uyiga ruxsat berilgan. Yana besh nafar bemor davolanishda, ahvoli o‘rtacha.
Bundan tashqari, Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga shu tashxis bilan yotqizilgan 1Z nafar bemor mavjud. Ayni paytda ularning holati o‘rtacha og‘ir, muolajalar davom etirilmoqda.
Haqiqatan ham, xususiy tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan muzqaymoq bu vaziyatga sababchi bo‘lgani aniqlangan. Bu tadbirkorlik sub’yekti Olmaliq shahrida joylashgan.
Ayni paytda vaziyat yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli xulosalar mutasaddilarga berilgan. Epidemiologik surishtiruvlar davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida bog‘cha bolalari zaharlanishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter