Olmaliqda marixuana qovurayotganlar ushlandi
2020-yilning 1-sentyabr kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida IIO xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida 34 yoshli X.A. va 25 yoshli B.U. «Zarya» uyushmasi 3-ko‘chasida joylashgan B.U.,ga tegishli dala-hovlida 675 g «marixuana» giyohvandlik vositasini qozonda qovurayotganliklari aniqlangan. Bundan tashqari, qozon oldidan 1 kg 251 g «marixuana» giyohvandlik vositasi topilib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi (Giyovandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. B.U. va X.A.,lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb etilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter