Oliy ta’lim bir milliondan ortiq talabani qamrab olgan – statistika
2022/2023 o‘quv yili boshiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 191 ta oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni bir milliondan oshgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan 544,8 ming nafari talaba yigitlar va 495,6 ming nafar talaba qizlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
2021-yilning 1-yanvar holatiga, YuNESKOning statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, xorijda tahsil olayotgan O‘zbekistonlik talabalar soni 85,9 ming nafarni tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter