Oliy sudning ikki sudyasi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 80-moddasining 3-bandiga va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq Raxmatilla Salaydinovich Orziqulov hamda Shuxrat Esanbayevich Rajabov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter