Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Foto: «Xabar.uz»

Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 3-bandi va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq Oybek A’zamjonovich Barakabayev va Doniyorjon Muxamatjonovich Tojiboyevni o‘n yillik muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, Oliy sudning ayrim sudyalari boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimlaridan ozod etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring