Olis tog‘lar ortida: «Hisor» davlat qo‘riqxonasiga sayohat
Qashqadaryo viloyatida joylashgan «Hisor» davlat qo‘riqxonasi O‘zbekistonning eng go‘zal va muhim tabiat go‘shalaridan sanaladi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhitni muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti davlat muassasasi tashabbusi bilan sohadagi mas’ullar va OAV ishtirokida ushbu qo‘riqxonaga safar uyushtirildi.
Dastlab Shahrisabz shahrida bo‘lib o‘tgan seminar-treningda qo‘riqxona bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.
«Hisor» davlat qo‘riqxonasi 1983-yilda tashkil etilgan. Umumiy maydoni qariyb 81 ming gektarni tashkil etadi.
O‘zbekistonning janubiy-sharqiy qismida, Qashqadaryo viloyatining Shaxrisabz, Yakkabog‘ va Qamashi tumanlari hududida, Hisor tog‘ tizmasining g‘arbiy yonbag‘irlarida, dengiz satxidan 1750 m dan 4366 m gacha balandlikda joylashgan.
Qo‘riqxona janubiy-sharqda Surxondaryo viloyati, sharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh.
2000 gektar ekoturizm uchun ajratilgan qo‘riqlanma zona hisoblanadi. Qo‘riqxona 4 ta bo‘limga bulingan:
- G‘elon bo‘limi yer maydoni - 18838,1 ga.
- Miraki bo‘limi, yer maydoni - 11821,0 ga.
- Tanxozdaryo bo‘limi yer maydoni - 20233,0 ga.
- Qizilsuv bo‘limii yer maydoni - 30094,0 ga.
Tadbir davomida ishtirokchilar qo‘riqxona hududidagi Suvtushar sharsharasi va uning atrofida amalga oshirilgan ishlar bilan ham tanishdilar. Ushbu sharshara negizida 1,2 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga ekoturizm maskani barpo etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter