Olis hududlarda tadbirkorlik uchun ajratilgan yerning boshlang‘ich narxi 50 foizga kamaytiriladi
Olis va chekka hududlarda joylashgan yer uchastkalarining boshlang‘ich narxi 50 foizgacha chegirma bilan sotuvga qo‘yiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev o‘tkazayotgan selektor yig‘ilishi davomida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, yer uchastkalarining boshlang‘ich narxini chegirma bilan sotuvga chiqarish vakolati mahalliy kengashlarga beriladi. Kadastr agentligiga bir oy muddat davomida ushbu tartibni ishlab chiqib, hukumatga kiritish topshirildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida tadbirkorlikka yer va binolar ajratishni ko‘paytirish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter