Olimpiadachilarga davlat mukofotlari topshirildi

Prezident farmoniga muvofiq, Tokio Olimpiadasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz hamda ularning murabbiylari davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan mukofotlangan edi.
Davlatimiz rahbari ana shu mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi.
Farmonga ko‘ra, Bahodir Jalolov «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni, Akbar Jo‘rayev, Ulug‘bek Rashidov «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni, Bekzod Abdurahmonov «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni, Davlat Bobonov «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.
Oksana Chusovitinaga esa «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter