Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar Stounhenj sirini topishdi

Olimlar Stounhenj sirini topishdi

Foto: «wikimedia.org»

Uels muzeyi hamda Leyster universiteti olimlarining hamkorlikdagi o‘rganishlaridan so‘ng mashhur Stounhenj megalitik qurilmasi toshlari qayerdan olib kelinganiga aniqlik kiritildi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti». Ushbu tadqiqot natijalari «Antiquity» jurnalida chop etildi.

Olimlar bu  toshlar Preseli tog‘idan keltirilgan degan farazni ilk marotaba ilgari surgan geolog Gerbert Tomasning tadiqotlarini takroran ko‘rib chiqishdi. Geolog toshlarni daryo qirg‘og‘i bo‘ylab qayiqlarda olib kelishgan degan nazariyani ishlab chiqqandi.

Olimlar Gerbert Tomasning ishlarini o‘rganish barobarida, ungacha bo‘lgan davrda — 1906 yilda yig‘ilgan namunalarni ham tahlil qilishdi va shunday xulosaga kelishdi: toshlarni avval Monnou daryosigacha hayvonlar yordamida olib tushishgan, keyin esa Severn daryosi orqali bu yerga keltirishgan yoki bo‘lmasa yanada quyiga — Eyvon daryosigacha tushirib, hozirgi joyiga tashib kelishgan.

Stounhenj — Angliya janubidagi Uiltshir grafligida joylashgan, xuddi Misr ehromlari kabi jahonga mashhur va qurilishi tarixi sirli inshoot sanaladi. Miloddan 2600 yillar avval qurilganligi taxmin qilinayotgan bu inshootga ulkan toshlar va uzoqdan keltirilgan mustahkam vulqon qotishmasi — diabazdan tashkil topgan havorang toshlar ishlatilgan.     

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring