Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar silga qarshi yangi dori ishlab chiqishdi

Olimlar silga qarshi yangi dori ishlab chiqishdi

Foto: «Pixabay»

AQSh va Hindiston olimlari hamkorlikda «Mycobacterium tuberculosis» bakteriyalarini tez qirib tashlay oluvchi antibiotik ishlab chiqishdi. Bu haqda «ACS Infectious Diseases» jurnali xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, og‘riqni qo‘zg‘ovchi bakteriyalar antibiotiklardan ularga bardoshli hujayralar ichiga kirib yashirinadi va qachonki boshqa bakteriyalarni zararlash uchun chiqqanida zaif bo‘ladi. Shuning uchun ham amerikalik va hindistonlik kimyogarlar «Mycobacterium»gacha kirib borib uni yemira oladigan dori ishlab chiqishdi.

Tadqiqotchilarning so‘zlariga qaraganda, kimyoviy jihatdan o‘ta kuchli ushbu antibiotik mikroorganizmlarga imkoniyat qoldirmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring