Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar: o‘lim darajasi 35 foiz bo‘lgan yangi shtamm paydo bo‘lishi mumkin

Olimlar: o‘lim darajasi 35 foiz bo‘lgan yangi shtamm paydo bo‘lishi mumkin

Buyuk Britaniyadagi mutaxassislar koronavirusning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bir nechta ssenariylarini taqdim etishdi.

Buyuk Britaniya hukumatining favqulodda maslahatchilar guruhi (SAGE) e’lon qilgan hujjatlariga ko‘ra, yangi ehtimoliy shtamm yuqtirganlarning 35 foizini o‘ldirishi mumkin.

Olimlar koronavirus o‘zgarishi va rivojlanishi mumkin bo‘lgan gipotetik ssenariylarni tasvirlab berishdi, chunki ularning fikricha, u yo‘qolmaydi, balki tobora ko‘proq yangi variantlarda mutatsiyaga uchraydi.

Mutaxassislar xavfli variantni «haqiqatda bo‘lishi mumkin» deb hisoblaydilar va bunday og‘ir vaziyatdan chiqishda vaksinalarning qo‘shimcha dozalarini kiritish, koronavirusning tarqalishini kamaytirish, COVID-19ga qarshi dori-darmonlarni ishlab chiqarishni davom ettirish va boshqa choralar ko‘rish kerak deb hisoblashadi.

Britaniyalik olimlar, shuningdek, ehtimoliy ssenariylardan biri sifatida COVID-19ga qarshi dorilar va vaksinalarga chidamli variantlarning paydo bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring