Olimlar mehnat unumdorligi formulasini ishlab chiqdilar: 75 daqiqa ish va 33 daqiqa dam olish

Ko‘proq ishlash samaraliroq ishlashni anglatmaydi. 2024-yilda 6000 kishidan olingan ma’lumotlar tahliliga asoslangan tadqiqot taqdim etildi. Unga ko‘ra, eng yaxshi natijalarga 75/33 sikl bo‘yicha ishlaydigan xodimlar erishadi: 75 daqiqa diqqatni jamlagan ish, keyin 33 daqiqalik tanaffus, deb yozadi The Daily mail DeskTime platformasiga tayanib.
DeskTime bosh direktori Artis Rozentalsning so‘zlariga ko‘ra, bu sikl to‘liq masofadan ishlashdan ko‘ra, ofis ichida o‘tirib ishlaydigan ishchilar uchun yaxshi ishlaydi.
"Ofisda ishlaganda, tabiiyki, biz ko‘proq tanaffuslar qilamiz - kofe ichish, hamkasblar bilan suhbatlashish va hokazo. Garchi bu tanaffuslar dastlab samarasiz bo‘lib ko‘rinsa-da, ular batareyalarimizni zaryad qilish uchun juda muhim va xodimlarning farovonligiga hissa qo‘shadi", - dedi, Rozentals.
Kompaniya ilgari ham shunga o‘xshash tadqiqotlar o‘tkazgan. 2014-yilda 52/17 interval, 2021-yilda esa 112/26 samarali deb hisoblangan.
Rozentals tushuntirganidek, natijalarga ish formatidagi global o‘zgarishlar ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, 2021-yilda asosiy e’tibor masofaviy ishlashga qaratildi, bu esa shaxsiy va professional vaqt o‘rtasidagi muvozanatni saqlashni qiyinlashtiradi.
"Gibrid ishning keng tarqalganligini inobatga olgan holda, yangi 75/33 nisbati ofis ishlarini qayta tiklash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin", deb ta’kidlaydi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter