Olimlar koronavirus yana necha yil xavf solishini aytishdi
Buyuk Britaniyaning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ilmiy maslahat guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, SARS-CoV-2 koronavirusi kamida 2026 yilgacha xavf tug‘diradi.
«SARS-CoV-2 tahdid qilishda davom etadi va yana kamida 5 yil davomida emlash va ma’lumotlar monitoringi orqali faol nazoratni talab qiladi», deyiladi britaniyalik olimlar xulosasida.
Janubiy Afrikada aniqlangan «Omikron» shtammi o‘ta yuquvchanligi sababli koronavirusning yangi to‘lqinini yuzaga keltirishi mumkinligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, JSST ushbu shtammni «tashvishli» deb e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter