Olimlar ikki oyoqlab yurgan timsohlarning izini topishdi
Olimlar dinozavrlar davrida yashagan va ikki oyoqlab yurgan timsohlarning qoldiqlarini topishdi. «Batrachopus grandis»ning uzunligi o‘rtacha 3 metrga yetib, bundan taxminan 110-120 mln yillar muqaddam hozirgi Janubiy Koreya hududida yashagan, deb yozadi «The Times».
Dastlab paleontologlar topgan izlar qadimgi uchar kaltakesak — pterozavrga tegishli bo‘lsa kerak deb o‘ylashgan. Biroq keyinchalik bu taxminni rad etishdi.
Qazib olingan kaltakesak panjalarining uzunligi taxminan 24 santimetrga yetadi. Ya’ni ularning panjalari katta yoshli odamning oyoqlari bilan deyarli bir xil uzunlikda bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter